Slide 1
Slide 2
Slide 3
Slide 4
   Guruh o'yinlari yakuni va nimchorak final haqida!

"Photo Cup" loyihasida ayni damda nimchorak final uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Unda ishtirok etayotgan 16ta fotosurat ichidan 8tasigina keyingi bosqichga chiqa oladi. Biroq, bu oson ish emas. Xo'sh, bizning yulduzlarga bu bosqich omadli keladimi yoki xorij yulduzlarigami?

Bu savolga javob topish uchun 2 fevralga qadar kutishimizga to'g'ri keladi. Zero, aynan mana shu kuni nimchorak final uchrashuvlari natijalari e'lon qilinadi, g'oliblar aniqlanadi. Guruh bosqichi ham oson kechdi, deb aytsak noto'g'ri bo'ladi. Zero, deyarli har bir guruhda kuchli raqobat tufayli so'nggi turga qadar guruhdan kimlar chiqa olishini tahmin qilish qiyin edi. Biroq, buning bari ortda qoldi endi.

Guruh o'yinlariga biroz to'xtalib o'tadigan bo'lsak, "A" - guruhidan Nyusha hamda Shakira keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Aslida turnir boshida Britney Spears bu guruhda favoritlar qatorida tahmin qilingan edi. Nyusha esa autsayder bo'lishi kutilayotgan edi, ya'ni guruhdan chiqa olmaydi, degan fikr ko'pchilikning hayolidan o'tgandi. Ammo, buning aksi bo'ldi! Nyusha guruhning eng kuchli vakilasi ekanligini isbotlab, barcha uchrashuvlarda g'oliblik nashidasini surdi va 9 ochko bilan keyingi bosqichga peshqadam sifatida yo'l oldi.

"B" guruhidan esa Jahon estradasi erkak xonandalari o'rin egallagan edi. U yerda ham yaqqol peshqadamlikni rus estradasi vakili Dima Bilan 9 ochko bilan zabt etdi. Enrique Iglesias bo'lsa 4 ochko bilan keyingi bosqich masalasini hal qildi. Arash ham Enrique Iglesiaskabi 4 ochko to'plagan bo'lsada ovozlar nisbatiga ko'ra guruh bosqichidan chiqa olmadi.Timati esa "A" - guruhi vakilasi Rihanna singari 0 ochko bilan guruhni tark etdi.

"C" guruhida esa Gollivudning ikki vakilasi Angelina Jolie hamda Jessica Alba guruhdoshlariga birorta ham imkoniyat qoldirmasdan bir xilda 7 ochko to'plab, nimchorak yo'llanmasiga ega chiqishdi. Bollivudning yagona vakilasi bo'lgan Ayshwarya Rai 3 ochko bilan qanoatlanishiga to'g'ri keldi. "Transformers - 3" filmi orqali barchaning diqqatini qozona olgan maftunkor Rosie Huntington-Whiteley esa afsuski go'zalligi bilan hech narsaga erisha olmadi. Birorta ham ochko to'play olmagan aktrisa guruhni juda erta tark etishiga to'g'ri kelgan edi.

"D" guruhiga nazar tashlasak, u yerda keskin kurashlar bo'lib o'tganini ko'rishimiz mumkin. So'nggi turga qadar kim nimchorak final bosqichiga yo'l olishi noma'lum edi. Bu yerda esa Gollivudning ikki mega-yulduzi keyingi bosqichdan mahrum bo'lganligini kuzatishimiz mumkin. Ya'ni, Bred Pitt hamda Johnny Depp guruh bosqichini o'zidayoq "Photo Cup" loyihasining birinchi chempionatini tark etishiga to'g'ri keldi. Ularga to'sqinlik qilgan aktyorlarning biri Bollivudning kino qiroli Shahrukh Khan bo'lsa, ikkinchisi yurtimizda "Kurtlar Vadisi Pusu" filmi orqali yaxshigina tanish bo'lgan Po'lat Alemdar, ya'ni Necati ?a?maz bo'ldi.

"E" guruhidan O'zbek estradasining maftunkor xonandalari o'rin olishgan edi. Shahzoda, Lola, Rayhon hamda Ziyoda... bu ismlarning o'ziyoq turnirda g'oliblik uchun asosiy davogarlar shular ichida ekanligini aytishi aniq edi. Guruh bosqichida huddi shunday ham bo'ldi. 2-tur yakuniga ko'ra har bir xonanda bir xilda 3 ochkodan to'plagan holda bir xil imkoniyatga ega bo'lib turishgan edi. 3-tur esa ular uchun hayot-mamot uchrashuviga aylandi. Keskin kurashlar yakunida Shahzoda hamda Lola nimchorak final masalasini hal qila olishdi. Aslida ushbu guruhda Ziyoda eng kuchsiz deb ta'riflanilayotgan edi. Ammo, uchrashuvlar davomida Ziyodanining muxlislari nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib qo'ya olishdi.

O'zbek estradasining erkak xonandalari esa "F" guruhidan o'rin olishganligidan xabaringiz bor. Bu guruhda Sardor Rahimxon 7 ochko bilan, Shohruhxon esa 4 ochko bilan nimchorak final yo'llanmasini hal qildi. Ulug'bek Rahmatullaev 3 ochko bilan, Samandar esa birorta ham ochko to'play olmagan holda nimchorak final bosiqichiga chiqa olishmadi.

"G" guruhida O'zbek estradasi aktrisalar bellashdilar. Shahzoda Matchonova guruhda tengsiz ekanligini ko'rsata oldi va 9 ochkoni o'ziniki qilib oldi. Dilnoza Kubaeva ham anchayin qattiq kurash olib borsada, 6 ochko bilan chegaralanishiga to'g'ri keldi. Ikki aktrisamiz guruh bosqichi masalasini hal qilgan bo'lishsa, yana 2 ishtirokchi turnirni erta tark etishdi. Zarina Nizomiddinova 3 ochkoni egalladi. Madina Mumtoz esa mutlaqo ochko to'play olmadi.

"H" guruhida mashhur aktyorlarimiz o'rtasida "fotosuratlar jangi" bo'lib o'tdi. Alisher Uzoqov bilan Farruh Soipov bir xilda 5 ochkodan jamg'argan holda nimchorak final masalasini hal qilishdi. 2 ochkodan to'plagan Adiz Rajabov hamda Ulug'bek Qodirov guruh bosqichidayoq Fotosuratlar chempionatiga o'zlari uchun yakun yasashdi.

Guruh bosqichi yakuniga yetgach esa birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan yulduzlar quyidagi tartibda nimchorak uchrashuvlarini o'tkazishmoqda:

Nimchorak final o'yinlari taqvimi



Muallif: shou-biznes.uz  |  Sana: 28.01.2012

Izohlar


Izoh kiritilmagan...

Izoh qoldirish uchun avval ro'yhatdan o'ting!!!



    Foydalanuvchi sahifasi
Login:
Parol::
 
Parolni unutdim  |  Ro'yhatdan o'tish ]
    PhotoCup Yil rasmi
2013 - yil "Yil Rasmi" bo'lish uchun da'vogar rasmlar

Shahzoda Muhammedova
    Rasmlar reytingi
    Foydalanuvchi reytingi
N Foydalanuvchi ismi Jami ball
1 Mirtohir 5242544
2 shaxruxon 2450668
3 aurshax 1102118
4 LazyBoy 294024
5 Hunter 167808
6 shahzoda 132731
7 qilichov 32627
8 php 23412
9 Armona 5766
10 Programmer 5239
Barcha foydalanuvchilar
N Foydalanuvchi ismi Jami ovozlar
1 Mirtohir 1055
2 aurshax 618
3 shaxruxon 615
4 shahzoda 354
5 qilichov 331
6 SuperStar 270
7 WebMaster 191
8 LazyBoy 163
9 Programmer 146
10 Profi 112
Barcha foydalanuvchilar
    PC Reyting
N Ism Ball
1 Shahzoda 656.42
2 Kareena Kapoor 238.33
3 Shahzoda Muhammedova 220.81
4 Cristiano Ronaldo 211.98
5 Zarina Nizomiddinova 175.52
6 Shahzoda Matchonova 144.96
7 Selena Gomez 113.05
8 Inna 40.24
9 Lola 32.97
10 Farruh Soipov 32.59
To'liq jadval
    Reklama