Slide 1
Slide 2
Slide 3
Slide 4
   «Photo Cup» 7-chempionati 1-tur o’yinlari tugadi!

Portalimizning «Photo Cup» loyihasi davom etadi va unda ayni kunlarda 7-fotosuratlar chempionati bo’lib o’tmoqda. Kecha 7-chempionat o’yinlarining 1-tur o’yinlari ham o’z yakuniga yetdi. Murosasiz davom etgan kurashlar so’ngida faqat kuchlilargina g’alaba qozondi. Albatta, omadlilar ham…

Kutilgan g’alabalar orasida, kutilmagan mag’lubiyatlar ham bo’lib o’tdi. Mazkur chempionat o’yinlarida o’zining favoritlik hususiyatlarini namoyon eta olgan bir qator yulduzlarimiz, kutilmagan mag’lubiyatlarga duch keldilar. Bugun sizlarga 7-fotosuratlar chempionati 1-tur o’yinlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz.

A — guruhidan o’rin olgan Shohruhxon hamda Kichik Robert Downey o’rtasidagi ilk uchrashuvda Shohruhxon mag’lub bo’ldi. Eng kutilmagan natijalardan biri mana shu o’yinda qayd etildi. Guruhning ikkinchi juftligi Rayhon hamda Nyusha kurashida ham yana bir kutilmagan natijaga guvoh bo’ldik. Rayhon ham Nyushaga g’alabani qo’sh qo’llab topshirib qo’ydi. Negadir muxlislar sustkashlikka yo’l qo’yishayotgandek tuyulmoqda.

B-guruhiga nazar tashlasak, u yerda Jahon yulduzi Selena Gomez Ulug’bek Rahmatullaevni mag’lub etganini ko’rishimiz mumkin. B-guruhining ikkinchi o’yini Katrina Kaif hamda Aishwarya Rai o’rtasida bo’lib o’tdi. Hind kinosining ikki yulduzi o’rtasidagi to’qnashuvda Aishwarya o’z mag’lubiyatiga imzo chekishga majbur bo’ldi.

C-guruhining ilk uchrashuvi Asal Shodieva va Rihanna o’rtasida kechdi. Jahonning bugungi kundagi eng mashhur yulduzlaridan biri hisoblangan Rihanna Asal Shodieva imtixonidan o’ta olmadi. Mazkur guruhdagi yana bir uchrashuv Oybek va Nigora hamda Gulnora Qosimova o’rtasida bo’lib o’tdi. Bu yerda ham o’zbek aktrisasi ajoyib xonandalar juftligidan ustun kela oldi.

D-guruhi. Lola va «Gangnam Style» ijrochisi PSY ustidan ishonarli g’alabaga erisha oldi. Guruhing ikkinchi o’yini hozirda Rossiyaning «Anji»klubi sharafini himoya qilayotgan ajoyib yarim himoyachimiz Odil Ahmedov hamda O’zbekiston Respublikasida Xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon o’rtasida kechdi. Murosasiz kechgan o’yinda yakuniy natija futbol yulduzi foydasiga hal bo’ldi.

Turning markaziy o’yinlaridan biri E-guruhida bo’lib o’tdi. Shakira hamda Kareena Kapoor o’rtasida. Markaziy deyishimizga sabab, bu ikki yulduzning fotosuratlari 7-fotosuratlar chempionatida yuqori natijalarni qayd etishi tahmin qilinmoqda. Mazkur kurashda hind aktrisasi Kareena Kapoor Shakirani ishonchli tarzda mag’lubiyatga uchrata oldi. E-guruhidan Shahzoda ham o’rin olganligini ta’kidlab o’tish joiz. Barchamizga ma’lum Shahzoda «Photo Cup» loyihasida bir karra chempion bo’lishdan tashqari, uning fotosurati 2012 yilning eng yaxshi fotosurati nomiga ham sazovor bo’lgan. 1-turda Doston Ubaydullaevga qarshi kelgan Shahzoda juda ham yirik hisobda 35 — 7 ko’rinishida g’alabaga erishdi.

F-guruhini kino olami guruhi desak mubolag’a bo’lmaydi. 3 aktyor va 1 aktrisadan tashkil topgan ushbu guruhning ilk uchrashuvi Zarina Nizomiddinova hamda Ubaydulla Omon to’qnashuvi bo’ldi. Natija maftunkor aktrisamiz Zarina foydasiga hal bo’ldi. Ikkinchi juftlikda Farruh Soipov va hind yulduzi Shahrukh Khan bir-biriga qarshi duch keldilar. Farruh Soipov mazkur o’yinda o’zini nimalarga qodir ekanligini ko’rsata oldi.

6-chempionat chempioni Shahzoda Muhammedova G-guruhidan o’rin olganida so’zsiz guruh favoriti, deb aytilgan edi. So’zimiz tasdig’i ilk o’yindayoq namoyon bo’lib turibdi. Shahzoda Muhammedova 1-turdagi eng yirik hisobni qayd etdi. Jahon futboli yulduzi Iker Casillasga qarshi «maydon»ga chiqqan Shahzoda Muhammedova 52 — 7 hisobida eng yirik natijani ko’rsatdi. Dima Bilan va Zamzama G-guruhining keyingi ishtirokchilari. Ular o’rtasida kechgan uchrashuvda Zamzama rus xonandasiga «saboq» berib qo’ydi.

H-guruhida faqat erkak yulduzlar jamlangan. Birinchi juftlik Cristiano Ronaldo va «Fayoz» guruhidan tashkil topdi. Cristiano Ronaldo o’z raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay g’olib chiqa oldi. Taniqli aktyorimiz Adiz Rajabov esa «Kurtlar Vadisi Pusu» filmi qahramoni Po’lat Alamdar rolini talqin etayotgan Necati Sasmazga mag’lubiyatga uchradi.



Muallif: www.shou-biznes.uz  |  Sana: 09.03.2013

Izohlar


Izoh kiritilmagan...

Izoh qoldirish uchun avval ro'yhatdan o'ting!!!



    Foydalanuvchi sahifasi
Login:
Parol::
 
Parolni unutdim  |  Ro'yhatdan o'tish ]
    PhotoCup Yil rasmi
2013 - yil "Yil Rasmi" bo'lish uchun da'vogar rasmlar

Shahzoda
    Rasmlar reytingi
    Foydalanuvchi reytingi
N Foydalanuvchi ismi Jami ball
1 Mirtohir 5242544
2 shaxruxon 2450668
3 aurshax 1102118
4 LazyBoy 294024
5 Hunter 167808
6 shahzoda 132731
7 qilichov 32627
8 php 23412
9 Armona 5766
10 Programmer 5239
Barcha foydalanuvchilar
N Foydalanuvchi ismi Jami ovozlar
1 Mirtohir 1055
2 aurshax 618
3 shaxruxon 615
4 shahzoda 354
5 qilichov 331
6 SuperStar 270
7 WebMaster 191
8 LazyBoy 163
9 Programmer 146
10 Profi 112
Barcha foydalanuvchilar
    PC Reyting
N Ism Ball
1 Shahzoda 656.42
2 Kareena Kapoor 238.33
3 Shahzoda Muhammedova 220.81
4 Cristiano Ronaldo 211.98
5 Zarina Nizomiddinova 175.52
6 Shahzoda Matchonova 144.96
7 Selena Gomez 113.05
8 Inna 40.24
9 Lola 32.97
10 Farruh Soipov 32.59
To'liq jadval
    Reklama