"Photo Cup" (Foto kubok/Фото кубок) loyihasining tartib va qoidalari

Loyiha tartiblari:

1.1    “Photo Cup” loyihasida 8ta guruhda 4tadan, jami 32ta fotosurat ishtirok etadi.
1.2    Loyiha 7 bosqichdan iborat bo`lib, birinchi 3-bosqich guruh baxslarida aniqlanadi. Undan so`ng esa, nimchorak final, chorak final, yarim final va final bosqichlari bo`lib o`tadi.
1.3    Guruh bosqichida har bir guruhdan 2tadan fotosurat g`olib sifatida keyingi bosqichga chiqadi.
1.4    Ovoz berishlar muddati har bir o`yin uchun 1 hafta, ya`ni 7 kun vaqtdan iborat bo`ladi.
1.5    Chempionat davomiyligi 2 oydan iborat. Bir yil ichida chempionat 5 marotaba o`tkaziladi. Mana shu 5ta chempionatda g`olib chiqqan fotosuratlar, qolgan 2 oy (noyabr va dekabr oylari) davomida ovoz berish yo`li orqali yilning eng yaxshi fotosurati nomi uchun kurash olib boradilar. Kurash olib boradigan 5ta fotosuratga alohida emas (chempionat davomidagi o`zaro 2tadan fotosurat kabi emas), balki baravariga ovoz berish tizimiga qo`yiladilar. Yil yakunida so`rovlar yakunlanib, yil fotosurati nomi aniqlanadi.
1.6    Guruh baxslari bir vaqtning o`zida start oladi. Shuning uchun loyiha saytining a`zolari ham bir vaqtning o`zida 8ta juftlikka ketma-ket ovoz berish imkoniyatiga ega bo`ladi.

 

Loyiha qoidalari:

2.1    G`oliblar ovoz berish yo`li bilan aniqlanadi. Eng ko`p ovoz to`plagan fotosurat g`olib deb topiladi.
2.2    Bir chempionat davomida biror shaxsning (yulduzning) faqatgina bitta fotosurati ishtirok etishi mumkin. Bir shaxsning 2ta fotosurati chempionat davomida ishtirok etishi taqiqlanadi.
2.3    Yil davomida o`tkaziladigan 5ta chempionatda bir shaxsning 2ta fotosurati ishtirok etishi mumkin.
2.4    Yo`nalishlarni (guruhlarni) ushbu loyiha administratorlari, tashkilotchilari aniqlaydi.
2.5    Guruh bosqichida 2ta fotosurat bir xil ovoz to`plagan holda g`olibni aniqlash uchun fotosuratlarning avvalgi baxslarida erishgan yutuqlari inobatga olinadi va kim ko`proq ovoz to`plagan bo`lsa o`sha fotosurat g`olib deb topiladi.
2.6    Chempionat mobaynida ishtirok etayotgan fotosuratni almashtirish mumkin emas. Ammo, fotosurat sohibi, ya`ni o`sha fotosuratdagi shaxsning o`zi aniq bir sababga ko`ra fotosuratni boshqasiga almashtirish iltimosi bilan chiqsa, bu so`rov o`rganib chiqiladi va lozim topilgan holda uni almashtirilishi mumkin bo`ladi. Bu haqda loyiha yangiliklarida e`lon qilinib o`tilishi joiz.
2.7    Loyihada loyiha saytidan ro`yhatdan o`tgan har bir vitual shaxs ovoz berishga haqli.
2.8    Loyiha saytidan ro`yhatdan o`tgan foydalanuvchi 24 soat davomida faqatgina bir marotaba ovoz berishi mumkin.
2.9    “Photo Cup” loyihasi saytidan ro`yhatdan o`tgan har bir foydalanuvchi, loyihada ishtirok etishga o`zlarining nomzodlarini, takliflarini kiritish huquqiga ega. Bu takliflar loyiha mualliflari tomonidan o`rganib chiqilib, lozim topilsa undan foydalaniladi.



    Foydalanuvchi sahifasi
Login:
Parol::
 
Parolni unutdim  |  Ro'yhatdan o'tish ]
    PhotoCup Yil rasmi
2013 - yil "Yil Rasmi" bo'lish uchun da'vogar rasmlar

Kareena Kapoor
    Rasmlar reytingi
    Foydalanuvchi reytingi
N Foydalanuvchi ismi Jami ball
1 Mirtohir 5242544
2 shaxruxon 2450668
3 aurshax 1102118
4 LazyBoy 294024
5 Hunter 167808
6 shahzoda 132731
7 qilichov 32627
8 php 23412
9 Armona 5766
10 Programmer 5239
Barcha foydalanuvchilar
N Foydalanuvchi ismi Jami ovozlar
1 Mirtohir 1055
2 aurshax 618
3 shaxruxon 615
4 shahzoda 354
5 qilichov 331
6 SuperStar 270
7 WebMaster 191
8 LazyBoy 163
9 Programmer 146
10 Profi 112
Barcha foydalanuvchilar
    PC Reyting
N Ism Ball
1 Shahzoda 656.42
2 Kareena Kapoor 238.33
3 Shahzoda Muhammedova 220.81
4 Cristiano Ronaldo 211.98
5 Zarina Nizomiddinova 175.52
6 Shahzoda Matchonova 144.96
7 Selena Gomez 113.05
8 Inna 40.24
9 Lola 32.97
10 Farruh Soipov 32.59
To'liq jadval
    Reklama